» » “Barselona” tez orada jarohatlangan Luis Suares hamda Usmon Dembelening o‘rniga hujumchi xarid qiladi. Nomzodlar aniq

“Barselona” tez orada jarohatlangan Luis Suares hamda Usmon Dembelening o‘rniga hujumchi xarid qiladi. Nomzodlar aniq


“Barselona” jarohat olib safdan chiqqan hujumchilari — Luis Suares hamda Usmon Dembelening o‘rniga yangi forvard olib kelishi kutilmoqda, deb yozadi Mundo Deportivo.

Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Kiki Setyen klub sport direktori Erik Abidal bilan maslahatlashib, 4 nafar hujumchi nomzodini rahbariyatga taqdim etishga kelishib olgan.

Unga ko‘ra ushbu ro‘yxatdan “Xetafe”ning 32 yoshli a’zosi Anxel Rodriges, “Alaves”ning 31 yoshli vakili Lukas Peres hamda “Betis”ning 26 yoshli hujumchisi Loren Moron o‘rin olgan.

Qayd etilishicha, ushbu futbolchilarning transferi 10-15 million yevro atrofida baholanmoqda. Sotib olingan futbolchi UEFA cheklovi sabab Chempionlar Ligasida ishtirok eta olmaydi. Biroq u bemalol La Ligada maydonga tushishi mumkin.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют