» » Mediani tezda ko‘rish, profildagi tasvirlar almashinuvi, yangilangan “Yaqindagi odamlar” servisi. Telegram’ning yangilangan versiyasi taqdim etildi

Mediani tezda ko‘rish, profildagi tasvirlar almashinuvi, yangilangan “Yaqindagi odamlar” servisi. Telegram’ning yangilangan versiyasi taqdim etildi


Telegram’ning 13-favral kuni taqdim etilgan yangilangan versiyasi orqali profildagi tasvirlar almashinuvi, mediani tezda ko‘rish va “Yaqindagi odamlar” servisi yaxshilandi. Bu haqda kompaniya blogida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, yozishmalardagi umumiy media va suhbatdoshning profilidagi suratni ko‘rish imkoniyati o‘zgardi (video avtomatik yoqilmagan bo‘lsa, uning ustiga bosish kerak).

Bundan tashqari, telefon ekraniga teginish orqali chat va profillardagi multimediani “varaqlash” mumkin — endilikda ekranda “varaqlash” natijasida dog‘ qolmaydi. Ushbu yangi funksiyalarni “Yaqindagi odamlar” bo‘limining yangilangan versiyasida sinab ko‘rgan qulay.

O‘tgan yilning iyunida dasturchilar yaqin atrofdagi odamlar bilan kontakt ma’lumotlarini almashish uchun messenjerga “Yaqindagi odamlar” funksiyasini qo‘shgan edi. Telegram’ning ta’kidlashicha, yangilanish foydalanuvchiga yangi do‘stlarni yoki juftini topishga yordam beradi.

Foydalanuvchi hududidagi odamlarni ko‘rish uchun “Kontaktlar” bo‘limidagi “Yaqin atrofdagi odamlarni qidirish” tugmasini bosish kerak. “Meni ko‘rsatish” funksiyasini o‘chirib qo‘yish ham mumkin.

Shuningdek, messenjer 14-fevral kuni munosabati bilan munosabatlarga aloqador bir nechta emojilarni ham taqdim etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 17:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют