» » Ziyoshni “Chelsi”ga sotgan “Ayaks” klub uchun rekord darajasdagi xaridni amalga oshiradi

Ziyoshni “Chelsi”ga sotgan “Ayaks” klub uchun rekord darajasdagi xaridni amalga oshiradi


Braziliyaning “San-Paulu” klubi yarim himoyachisi Antoni faoliyatini Amsterdamning “Ayaks”ida davom ettiradi, deb yozmoqda italiyalik taniqli jurnalist Fabritsio Romano.

“Ayaks” 19 yoshli futbolchi transferi yuzasidan braziliyaliklar bilan kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, “San-Paulu” Antoni uchun 20 million yevroga ega bo‘ladi. Bundan tashqari kelishuvda futbolchining natijalariga qarab 5 million yevro bonus “San-Paulu” hisob raqamiga borib tushishi ko‘zda tutilgan.

Amsterdam klubi Antonini 2020-yil yozida “Chelsi” safiga borib qo‘shiladigan Hakim Ziyoshga o‘rinbosar sifatida olib keladi. Ma’lumot uchun, “Chelsi” Ziyosh uchun 40+4 million yevro to‘laydigan bo‘ldi.

Qayd etish joiz, Antoni transferi “Ayaks” tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi. Niderlandiya klubi hech qachon bunchalik katta narxga futbolchi sotib olmagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют