» » Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi


Andijon viloyat xalq ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi. Boshqarmaga ayni kunga qadar viloyat hokimligida kotibiyat mudiri sifatida ishlab kelgan Azizbek Mirkomilov tayinlandi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri.

15-fevral kuni Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasida o‘tkazilgan yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i Furqat Buzrukov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan uning o‘rniga Mirkomilov Azizbek Zaynatdinovich boshqarma boshlig‘i etib tayinlanganligi e’lon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, boshqarmaning sobiq boshlig‘i Furqat Buzrukov joriy yil 4-fevral kuni Xalq deputatlari Jalaquduq tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanning yangi rahbari sifatida tanishtirilgandi.

Ta’kidlash lozimki, internet saytlarida Andijon viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablari faoliyatiga doir ko‘plab maqolalar chop etilgan bo‘lib, unda umumta’lim maktablaridagi kamchiliklar, o‘quvchi yoshlarning o‘z joniga qasd qilishi, o‘quvchilari ovqatdan zaharlangan holatlari tilga olingandi.

Shuningdek, Andijon shahar xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktablarda ishlovchi 25-35 yoshdagi, turmushga chiqmagan va turmushidan ajragan ayollarning alohida ro‘yxati yuritilishiga oid ma’lumot ham paydo bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют