» » La Liga. “Barselona” o‘z maydonida “Xetafe”ni bazo‘r mag‘lub etdi (video)

La Liga. “Barselona” o‘z maydonida “Xetafe”ni bazo‘r mag‘lub etdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 24-turida “Barselona” 15-fevral, shanba kuni “Xetafe” bilan bahs yuritdi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida Antuan Grizmann Lionel Messining uzatmasidan keyin hisobni ochdi. Oradan olti daqiqa o‘tib Serxi Roberto katalonlarning ikkinchi golini urdi. Bunga mehmonlar 66-daqiqada Anxel Rodrigesning goli bilan javob qaytardi.

Shu tariqa “Barselona” ochkolarini 52 taga yetakazib olgan holda birinchi o‘ringa ko‘tarildi va bu turdagi o‘yinini o‘tkazmagan “Real” bilan tenglashdi. “Xetafe” (42) esa uchinchi o‘rinda bormoqda.

La Liga

24-tur bahsi

15-fevral, shanba

Gollar: 1:0 — 33 Grizmann, 2:0 — 39 Serxi Roberto, 2:1 — 66 Anxel Rodriges.

“Barselona”: ter Shtegen, Serxi Roberto, Umtiti, Pike, Alba (Firpo, 22), Buskets, Artur (Rakitich, 75), de Yong, Fati (Vidal, 85), Grizmann, Messi.

“Xetafe”: Soriya, Echeyta, Jene, Nyom, Kukurelya, Maksimovich, Arambarri, Etebo (Ndiaye, 67), Olivera (Kenedi, 52), Mata, Molina (Anxel Rodriges, 52).

Ogohlantirishlar: Umtiti (49), Mata (73), Firpo (82), Fati (85).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2020, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 78) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют