» » Livandagi qochoqlar lagerida to‘qnashuv yuz berdi, sakkiz kishi halok bo‘ldi

Livandagi qochoqlar lagerida to‘qnashuv yuz berdi, sakkiz kishi halok bo‘ldi


Livanda falastinlik qochoqlarning Ayn al-Xilva lagerida yuzaga kelgan jangovar to‘qnashuvlar natijasida kamida sakkiz kishi (besh nafari — tinch aholi vakillari) halok bo‘ldi va 40 kishi yaralandi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Ayn al-Xilva 1948-yilda Qizil Xoch tashkiloti tomonidan falastinliklar uchun tashkil etilgan, hozirda u yerda turli ma’lumotlarga ko‘ra, 100 mingga yaqin odam, shu jumladan, suriyalik qochoqlar yashaydi.

To‘qnashuvlar 7-aprel, juma kuni lager xavfsizlik kuchlari va u yerda o‘z ta’sir kuchiga ega bo‘lishga urinayotgan ekstremistlar o‘rtasida yuz berdi. Lager xavfsizlik kuchlari mustaqil tarzda tashkil qilingan, chunki Livan harbiylari azaldan lager hayotiga aralashmaydi.

Опубликовано: admin (11-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют