» » Sirdaryo IES yaqinida quvvati undan 1,7 baravar yuqori bo‘lgan yangi IES quriladi

Sirdaryo IES yaqinida quvvati undan 1,7 baravar yuqori bo‘lgan yangi IES quriladi


Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi Sirdaryo viloyatida qiymati 1 milliard dollarga teng bo‘lgan 1,5 GVt quvvatga ega issiqlik elektr stansiyasi (IES) qurilishini boshladi. Bu haqda O‘zbekiston Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, kompaniya qurilish boshlashga kirishishdan avval tuproqni o‘rganish ishlarini boshladi. Yangi issiqlik elektr stansiyasi Sirdaryo IES yaqinida barpo etiladi va zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari bilan (BGQ) jihozlanishi tufayli uning samaradorligi amaldagidan 1,7 barobar yuqori bo‘ladi.

Loyihaga ko‘ra, yangi IESda umumiy quvvati 1250?1500 MVtga teng bo‘ladi. Sirdaryo IES energobloklaridan deyarli ikki barobar samarali bo‘lgan H/J toifasiga mansub ikkita bug‘-gaz qurilmasi o‘rnatiladi. Bu shuni anglatadiki, yangi qurilmalar tabiiy gazning shartli miqdori hisobidan ikki barobar ko‘p elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

Sarmoyador samaradorligi 60 foizdan yuqori bo‘gan, yiliga 10,0 milliard kVt/s elektr energiya ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lgan qurilmalarning eng oxirgi modellaridan foydalanadi.

Yangi issiqlik elektr stansiyasining qurilishi to‘g‘ridan to‘g‘ri xususiy investitsiyalar hisobidan to‘liq amalga oshiriladi va ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uzoq muddatli shartnoma asosida sotiladi.

Qayd etish kerak, mazkur investitsiya loyihasi muhokamasi O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonovning joriy yil 7-fevralida Saudiya Arabistoni energetika vaziri o‘rinbosari Abid bin Abdulla as-Sa’dun boshchiligidagi delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muhokama qilingan edi. Delegatsiya tarkibidan ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan va kompaniyaning boshqa mutasaddi vakillari joy olgan edi.

Avvalroq Energetika vazirligi ACWA Power kompaniyasini Navoiy viloyatida davlat-xususiy shekrikchilik asosida quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasi qurilishiga jalb etish rejalashtirayotganini ma’lum qilgan edi. Elektr stansiyasini 2022-yilda foydalanishga topshirish belgilangan. Hozirda uning qurilishi uchun maqbul maydonchani aniqlash ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2020, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют