» » Beshta mamlakat Eronni urib tushirilgan Boeing uchun tovon pulini tezroq to‘lashga chaqirdi

Beshta mamlakat Eronni urib tushirilgan Boeing uchun tovon pulini tezroq to‘lashga chaqirdi


Kanada, Shvetsiya, Afg‘oniston, Ukraina va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlari Myunxen xavfsizlik konferensiyasi maydonlarida Erondan “Ukraina xalqaro havo yo‘llari”ning Tehronda urib tushirilgan Boeing 737 samolyoti halokati oqibatida qurbonlarning oila a’zolariga tovon puli to‘lashni tezlashtirishni talab qildi. Bu haqda Kanada tashqi ishlar vaziri Fransua-Filipp Shampanning so‘zlariga asoslanib, “Kommersant” xabar berdi.

Shampanning ta’kidlashicha, Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarifdan tovon puli to‘lanish jarayonini imkon qadar tezroq boshlashni talab qilishgan.

“Biz Eronga uning so‘zlariga emas, harakatlariga qarab baho beramiz. Biz hamma uchun haqiqat qaror topmagunga qadar fojia qurbonlari nomidan ish olib borishda davo etamiz”, — deydi Shampan.

U shuningdek, samolyot bo‘laklari Fransiyada tekshirilishi uchun Tehrondan layner qora qutisi talab qilinishini ham ma’lum qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvda ushbu masalalar yuzasidan kelishuvga erishilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Ukraina xalqaro avialiniyalari”ning Kiyevga uchayotgan Boeing 737 samolyoti 8-yanvar kuni Tehron aeroportidan havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay qulagan edi. Hodisa oqibatida 176 kishi halok bo‘lgan. Eron Ukraina samolyotini xatolik sabab urib tushirganini tan oldi. Uni dushman nishoni deb o‘ylashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2020, 12:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют