» » “Tripadvisor.com” dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari reytingini tuzdi (fotogalereya)

“Tripadvisor.com” dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari reytingini tuzdi (fotogalereya)


“Tripadvisor.com” foydalanuvchilar bergan ovozlarga tayanib, dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari reytingini tuzdi, deb yozadi “Vedomosti”.

Yuqori o‘nlikda Emirates yetakchilik qildi. Kompaniya, shuningdek, Afrika va Yaqin Sharq mamlakatlari orasida hamda “Ekonomklass” va “Birinchi klass” kategoriyalarida birinchi bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinni foydalanuvchilar Singapore Airlines’ga berdi. Aviakompaniyaning bu yilgi reytingdagi yana bir g‘alabasi — Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi tashuvchilar orasida.

Yuqori uchlikka Braziliyaning kichik arzon tashuvchisi — Azul aviakompaniyasi yakunladi.

To‘rtincha o‘rinda yana bir arzon aviakompaniya — JetBlue Airways. U asosan AQSh, Karib havzasi, Meksika, Bagama va Bermuda orollariga reyslarni amalga oshiradi.

Beshinchi o‘rinda Air New Zealand kompaniyasi joylashdi. Foydalanuvchilar unga Best Premium Economy mukofotini ham berishdi.

Oltinchi pog‘onani Korean Air egalladi. U dunyoning 45 mamlakatidagi 128 ta shaharga reyslarni amalga oshiradi.

Yaponiyaning flagman tashuvchisi — Japan Airlines keyingi o‘rinni band etdi.

Sakkizinchi o‘ringa foydalanuvchilar THAI Smile’ni loyiq ko‘rdi. Thai Air aviakompaniyasining sho‘basi ayni paytda asosan ichki reyslarni amalga oshiradi.

Yana bir mahalliy aviatashuvchi — Alaska Airlines’ning qatnov tarmog‘i AQSh, Kanada va Meksikadagi 92 ta shaharni qamrab oladi.

Yuqori o‘nlikka Indoneziyaning milliy aviakompaniyasi — Garuda Indonesia yakun yasaydi.

Опубликовано: admin (11-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют