» » O‘zbekiston IIV plastik karta egalarini internetdagi firibgarlardan ogohlantirdi

O‘zbekiston IIV plastik karta egalarini internetdagi firibgarlardan ogohlantirdi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligidan ma’lum qilishlaricha, keyingi paytda fuqarolarni aldash va firibgarlik yo‘li bilan ularga tegishli bank plastik kartalaridan noqonuniy ravishda pul yechib olish holatlari tez-tez uchrab turibdi. Vazirlik shu kabi holatlarga misollar keltirib, fuqarolarni ogohlikka chaqirdi (qayd etish joiz, quyida keltirilayotgan har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan).

2019-yil 15-dekabr kuni Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida yashovchi fuqaro M.B.ning uyali telefoniga Telegram messenjeridagi “Jesco aksiyasi” guruhidan: “Siz 75 ming so‘m pul yutdingiz, pulni telefon raqamingizga tashlab beramiz”, degan mazmunda xabar keladi.

Bu xabar orqali huquqbuzarlar M.B.ning telefon raqami va plastik karta raqamini aniqlagan. Shuning uchun ham uning plastik kartasiga pul tushmagan, aksincha — 868 ming so‘m puli yechib olingan.

Farg‘ona tumanida yashovchi fuqaro B.A. tuman IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida 2020-yilning 11-yanvar kuni noma’lum shaxs soat taxminan 21:15 da unga tegishli plastik kartasidan ma’lum miqdordagi pulni noqonuniy yo‘l bilan yechib olgani, noma’lum shaxsni aniqlab, unga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ma’lum bo‘lishicha, fuqaro B.A. 11-yanvar kuni soat taxminan 21:11 da Samarqand shahridagi xonadonida bo‘lgan vaqtida o‘ziga tegishli oshxona mebelini sotish maqsadida uning suratini internet do‘koniga joylashtirgan. Ko‘p o‘tmay unga abonent raqami Rossiyaniki bo‘lgan shaxs qo‘ng‘iroq qilgan.

Notanish kishi B.A.ga oshxona mebelini sotib olishini, pulni esa plastik kartaga o‘tkazib berishini aytib, undan plastik kartasining seriya raqami va SMS-xabaridagi kodni so‘raydi. Tabiiyki, begonaga ishongan fuqaro chuv tushgan — uning plastik kartasidan 1,4 million so‘mdan ziyod pul yechib olingan.

“Fuqarolarimizdan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan turli aksiyalarga ishonmasliklarini, o‘zlari tanimagan-bilmagan shaxslarga bank plastik kartasi seriya raqamlari va kodlarini aytmasliklarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi vazirlik axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2020, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 61) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют