» » Xitoy kompaniyasi koronavirus infeksiyasiga qarshi potensial vaksina sotuvga chiqishini e’lon qildi

Xitoy kompaniyasi koronavirus infeksiyasiga qarshi potensial vaksina sotuvga chiqishini e’lon qildi


Xitoydagi yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri Zhejiang Hisun Pharmaceutical hukumatdan COVID-19 koronavirusiga qarshi “Favipiravir” potensial dori vositasini sotishni boshlash bo‘yicha ruxsat oldi, deb xabar beradi Reuters.

Dori vositasida sotuvga chiqqach, kompaniya uni klinik sinovdan o‘tkazishni davom ettirishi kerak bo‘ladi.

Xitoy Ilm-fan va texnika vazirligining ma’lum qilishicha, “Favipiravir”ning klinik sinovlarida 70 kishi ishtirok etgan bo‘lib, mazkur dori vositasi “nisbatan aniq samaraga” ega.

Mavzuga doir: Xubey hukumati provinsiya hududida transport harakatini cheklab qo‘ydi

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh ijrochi direktori Sumiya Svaminatan COVID-19 koronavirusiga qarshi vaksinalarni insonda sinovdan o‘tkazish to‘rt-besh oydan so‘ng boshlanishini ma’lum qilgandi. Xitoyning AQShdagi elchisi esa koronavirusning harbiy ixtirolarga bog‘liqligini rad etgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra,o‘tgan bir sutka davomida Xubey provinsiyasida koronavirus oqibatida 100 kishi vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют