» » Diamond Princess kemasidagi 44 nafar amerikalikda koronavirus aniqlandi

Diamond Princess kemasidagi 44 nafar amerikalikda koronavirus aniqlandi


Yaponiyaning Yokogama portida karantinda turgan Diamond Princess sayohat kemasidagi 44 nafar AQSh fuqarosida koronavirus aniqlandi. Bu haqda Yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchiga tayanib, The Washington Post xabar berdi.

Fauchining so‘zlariga ko‘ra, virusni yuqtirib olganlar Yaponiyadagi kasalxonada davolanadi.

Diamond Princess sayohat kemasi joriy yilning 20-yanvar kuni Yokogamadan chiqib, Kagosima—Gonkong—Okinava yo‘nalishidan o‘tib, 3-fevral kuni qaytib kelgan. Bu vaqtga kelib kemadagi bir necha kishi tobi qochgani haqida xabar qilgan va hukumat bortdagi barchani tekshiruvdan o‘tkazishga qaror qilgan. 11-fevral kuni sayohat kemasidagi keksalar va surunkali kasalliklarga ega bemorlarni sohilga evakuatsiya qilish boshlagan edi.

Mavzuga doir: Yaponiyada karantinga olingan kruiz kemasining 4 nafar yo‘lovchisi Qozog‘iston fuqarosi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Avvalroq Amerika hukumati kemadagi 380 ga yaqin o‘z fuqarosini evakuatsiya qilishga tayyorlanayotgani va buning uchun Yaponiyaga ikkita samolyot yuborishini ma’lum qilgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Diamond Princess kemasida koronavirusni yuqtirib olganlar soni 355 kishiga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют