» » “Amirsoy” dam olish maskanida bir fuqaro to‘satdan vafot etdi

“Amirsoy” dam olish maskanida bir fuqaro to‘satdan vafot etdi


16-fevral kuni “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurortida 34 yoshli fuqaro vafot etdi. Bu haqda IIV axborot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 16-fevral kuni soat 15:05 da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan I.A. ismli fuqaro Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Amirsoy” dam olish maskanida to‘satdan sog‘lig‘i yomonlashib, vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, fuqaroning vafot etishiga yurak xastaligi sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning 21-dekabrida foydalanishga topshirilgan “Amirsoy” kurortida ushbu fojia ikkinchi holat hisoblanadi. Joriy yilning yanvar oyi boshlarida ham bir chang‘ichi yo‘qolib qolgan edi, qidiruv ishlari natijasida u chang‘i trassasidan tashqarida o‘lik holda topilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют