» » Polshada O‘zbekiston fuqarolarining ishlashi uchun ruxsatnoma olish tartibi soddalashtirilishi mumkin

Polshada O‘zbekiston fuqarolarining ishlashi uchun ruxsatnoma olish tartibi soddalashtirilishi mumkin


13-fevral kuni Varshavada O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov Polsha mehnat inspektori Veslav Lishchek bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Muzokaralar jarayonida Polsha hududida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolarining mehnat huquqlarini himoya qilish va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi tizimini joriy etish, shuningdek, Polsha hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish tartibini soddalashtirish masalalari muhokama qilingan

Ta’kidlanishicha, uchrashuvda ikki mamlakat Mehnat inspeksiyalari o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish va O‘zbekistonda mehnat qonunchiligiga rioya qilishni nazorat tizimiga zamonaviy tajribani joriy qilish maqsadida hamkorlik qilishga kelishib olingan.

Muzokara yakunida Polsha Mehnat inspeksiyasi mehnat munosabatlari qonunchiligi buzilishi holatlari bo‘yicha o‘zbekistonlik fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan taqdirda ularning mehnat huquqlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil davomida o‘zbekistonlik migrantlar Moskva budjetiga milliardlab rubl foyda keltirgan. Shu bilan birga 2020-yildan Moskvada mehnat migrantlarining ishlash huquqi uchun patent 7 foizga qimmatlashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют