» » Toshkent viloyatida 501 mln so‘mlik tovarlarning o‘zlashtirilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyatida 501 mln so‘mlik tovarlarning o‘zlashtirilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


2020-yil 2-fevral kuni Turkmaniston Respublikasi fuqarosi 54 yoshli M.B. Toshkent tumani IIBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

U 2019-yilning iyul oylarida 38 yoshli U.M. bilan kelishib, O‘zbekiston Respublikasiga jami 22 ta vagon “Gaza beton” g‘ishtlarni keyinchalik sotish maqsadida Toshkent tumanidagi omborlardan biriga tushirib, keyinchalik ulardan umumiy qiymati 501 812 800 so‘mlik 7 ta vagon “Gaza beton” g‘ishtlarni talon-toroj qilib, sotib yuborilayotganligi holati yuzasidan U.M.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov olib borilmoqda, deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют