» » IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlarni bekor qilish haqidagi petitsiya parlamentda ko‘rib chiqish uchun yetarli ovoz to‘pladi

IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlarni bekor qilish haqidagi petitsiya parlamentda ko‘rib chiqish uchun yetarli ovoz to‘pladi


“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish haqida petitsiya e’lon qilingan edi.

Murojaatda jismoniy va yuridik shaxslardan mobil qurilmalarning IMEI raqamlarini ro‘yxatga olish uchun aholidan undiriladigan to‘lovlarni bekor qilish va ro‘yxatga olishni yanada soddalashtirish tartibini joriy etish so‘ralgan.

Parlament murojaatni ko‘rib chiqishi uchun u eng kamida 10 mingta ovoz to‘plashi lozim edi. Petitsiya to‘plagan ovozlar soni 12 mingdan oshdi. Ovoz berish 89 kundan keyin yakuniga yetadi.

Mavzuga doir: “Maqsad foyda keltirishmi yoki xalqni sigirdek sog‘ish?”. IMEI-kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni atrofidagi muammolar haqida

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning sentabrida hukumat qarori bilan O‘zbekiston hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan edi. Nizomga ko‘ra, mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tizim operatori yoki tizim ro‘yxatga oluvchisiga murojaat bo‘yicha amalga oshiriladi. Bu esa ko‘plab muammolarni keltirib chiqarayotgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 14:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют