» » Andijonda 25 yoshli ayol norasmiy erini bo‘g‘ib o‘ldirib, jasadni hojatxona chuquriga tashlab yubordi

Andijonda 25 yoshli ayol norasmiy erini bo‘g‘ib o‘ldirib, jasadni hojatxona chuquriga tashlab yubordi


Andijon shahrida yashovchi ayol mudhish jinoyat sodir etdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 14-fevral kuni fuqaro A.K. Andijon shahar prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilgan. Fuqaro o‘z murojaatida Toshkent shahrida yashayotganligi sababli ukasi M.K. bilan aloqa qilmay qo‘yganligi, uni izlab yashab kelayotgan xonadoniga kelganda uni topa olmaganligini bildirgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida 2019-yil 3-may kuni soat 21:00 larda Andijon shahri “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi M.K. (1972-yilda tug‘ilgan, ishchi) sha’riy nikohdagi turmush o‘rtog‘i 1995-yil tug‘ilgan ayol X.X. bilan o‘zaro janjallashib, X.X. uni sintetik ip yordamida bo‘ynidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirganligi, murdasini uyining hojatxona chuquriga tashlab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 16-fevral kuni shahar prokuraturasi tomonidan X.X. ushlanib, unga nisbatan JKning 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют