» » Ravon brendi tugatilishi ma’lum qilindi

Ravon brendi tugatilishi ma’lum qilindi


UzAuto Motors avtomobillarini Chevrolet brendi ostida eksport qilishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yil mart oyidan boshlab Rossiya, Qozog‘iston va Belarusda Chevrolet brendi ostida taqdim etiladigan dastlabki modellar Spark, Nexia va Cobalt bo‘ladi.

Qayd etilishicha, UzAuto Motors kompaniyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Chevrolet modellarining Rossiya, Qozog‘iston va Belarusda distribyutsiyasini o‘zi boshqaradi.

Ravon avtoulovlarini xarid qilgan mijozlar uchun ham UzAuto Motors o‘zining vakolatli servislarida xizmatlarni davom ettiradi.

“GM sifatli konsalting va ishlab chiqarishdagi UzAuto Motors faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, O‘zbekistondagi eng yirik avtomobilsozlik kompaniyasining, jumladan, tashqi bozorlardagi rivojlanish loyihalarini ham amalga oshirilishga hissa qo‘shmoqda. Spark, Nexia va Cobalt modellarining xorijda Chevrolet brendi ostida sotuvi boshlanganiligi bundan dalolat beradi.

Chevrolet brendidan tashqi bozorlarda foydalanish huquqi UzAuto Motors kompaniyasiga avtomobillarning yuqori sifati jahon avtosanoati yetakchilaridan biri — General Motors kompaniyasi tomonidan belgilangan standartlarga to‘liq javob berganligi uchun berildi.

Qabul qilingan qaror UzAuto Motors’ga Chevrolet jahon brendining to‘liq quvvatidan O‘zbekiston ichki bozoridagi kabi eksport bozorlarida ham samarali sotuvni oshirish imkonini yaratadi”, — deyiladi xabarda.

Kompaniya matbuot xizmatiga ko‘ra, Rossiya va MDH mamlakatlarida Ravon brendi ostida avtomobillar savdosi 2020-yilning o‘rtalariga kelib to‘xtaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют