» » Tanzila Norboyeva qoniqarsiz faoliyat yuritayotgan amaldorlarga mahalliy kengashlar tomonidan chora ko‘rish zarurligini bildirdi

Tanzila Norboyeva qoniqarsiz faoliyat yuritayotgan amaldorlarga mahalliy kengashlar tomonidan chora ko‘rish zarurligini bildirdi


Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputatlari bilan uchrashdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Parlament yuqori palatasi raisi o‘z chiqishida mahalliy kengashlar oldida Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasidan kelib chiqadigan dolzarb vazifalarga to‘xtaldi. Viloyat, tuman, shahar Kengashlari faoliyatini jonlantirish vaqti kelganligiga alohida urg‘u berdi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, saylovchilarning ishonchini oqlashda, Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirishda barcha darajadagi deputatlardan katta mas’uliyat talab etiladi. Endi xalq deputatlari kengashlari ham, ularning doimiy komissiyalari ham o‘z ish uslublarini tubdan o‘zgartirishi lozim.

Yaqin va uzoq istiqboldagi vazifalar ijrosini ta’minlash, xalq farovonligini yuksaltirish, saylovchilar tomonidan saylovoldi uchrashuvlarida ko‘tarilgan muammolarni hal etish bilan izchil shug‘ullanish ular ish faoliyatining bosh mezoniga aylanishi zarur.

Tanzila Norboyeva endi har oyda mahalliy kengashlarda davlat organi rahbarlarining aholi murojaatlari bilan ishlash, qonun, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarni ijro etish yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarning axborotlari eshitilib, faoliyati qoniqarsiz deb topilgan rahbarlarga tegishli choralar ko‘rish amaliyoti joriy etilishi zarurligini ta’kidladi.

Prezident tomonidan Kengash so‘rovi institutini joriy etish taklifi kiritilgani va bu bo‘yicha ham qonunchilikka o‘zgartirish kiritish yuzasidan ishlar boshlangani haqida so‘z yuritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют