» » Qamchiq dovonida ag‘darilgan katta yuk mashinasi haydovchisining hayoti saqlab qolindi

Qamchiq dovonida ag‘darilgan katta yuk mashinasi haydovchisining hayoti saqlab qolindi


Qamchiq dovonida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ag‘darilib ketgan yuk mashinasining haydovchisi avtomobil ichidan chiqarib olindi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 16-fevral, yakshanba kuni, soat 04:15 da Qamchiq dovonidan o‘tgan avtomobil yo‘lining 249-kilometrida Toshkent—Vodiy yo‘nalishida harakatlangan MAN rusumli yuk mashinasi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ag‘darilib ketgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi U.A.ning o‘ng oyog‘i mashina ichida qisilib qolgan.

Ta’kidlanishicha, qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida jarohatlangan fuqaroni chiqarib olgan. Qutqaruvchilar tomonidan birinchi tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilib, “Rezak” tez-tibbiy yordam xodimlari yordamida Pop tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. O‘z vaqtida ko‘rilgan choralar natijasida haydovchining hayoti saqlab qolingan.

Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi oqibatini bartaraf etish va xavfsiz harakatni ta’minlash maqsadida, Qamchiq dovonidagi Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi fuqaro muhofazasi xizmatlaridan 18 nafar xodim, 5 ta maxsus texnika jalb etilgan.

Vazirlik shu kabi holatlarni inobatga olib, yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi uyushma va korxonalar tomonidan haydovchilarga tashkiliy-texnik shart-sharoitlarni yaratishini hamda dovon orqali harakat xavfsizlgi bo‘yicha qo‘shimcha instruktiv-mashg‘ulotlarni o‘tkazishni tavsiya etmoqda.

Avvalroq Qamchiq dovonida 3 ta mashina chuqurga tushib ketgan, dovon yo‘lida Isuzu’ning YTHga uchrashi oqibatida bir nafar haydovchi halok bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют