» » Poygaga chiqqan Trampning limuzini, koronavirus sabab yopilgan kazino, AQSh va Angliyadagi suv toshqinlari. 17-fevralning eng qiziqarli suratlari

Poygaga chiqqan Trampning limuzini, koronavirus sabab yopilgan kazino, AQSh va Angliyadagi suv toshqinlari. 17-fevralning eng qiziqarli suratlari


17-fevral, dushanba kuni dunyoning turli burchaklarida olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Tokio, Yaponiya

Koronavirus aniqlangan Diamond Princess kruiz kemasida bo‘lgan 400 dan ortiq amerikalik ikkita charter reysida evakuatsiya qilindi. Ular AQShdagi harbiy bazaga olib boriladi va u yerda ikki hafta karantinda saqlanadi. 44 nafar amerikalikda koronavirus aniqlangani sababli ular Yaponiyadagi shifoxonalarda davolanadi.

Mavzuga doir: Koronavirus bilan kasallanganlar soni 70 ming kishidan oshib ketdi

London, Buyuk Britaniya

Extinction Rebellion faollari xalqaro yuk tashish sammitiga tashrif buyurgan delegatlar oldida Arktikani yuk tashish natijasida ifloslantirishga qarshi e’tiroz bildiryapti.

Rio-de-Janeyro, Braziliya

Rioda uy hayvonlari uchun karnaval o‘tkazildi.

Pekin, Xitoy

Mahsulotlarni o‘rab qo‘ygan sotuvchi.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi. Xitoy koronavirusi bo‘yicha 17-fevralning asosiy xabarlari

Missisipi, AQSh

Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Missisipi shtatida suv toshqinlari kuzatilmoqda. Jekson shahridagi bir qator tumanlar suv ostida qoldi.

Kiyev, Ukraina

Eronda urib tushirilgan Ukraina samolyoti qurbonlari xotirasi uchun Kiyevda ochiladigan xiyobonda xotira yodgorligi o‘rnatildi.

Mavzuga doir: Beshta mamlakat Eronni urib tushirilgan Boeing uchun tovon pulini tezroq to‘lashga chaqirdi

Turmanin, Suriya

Urush tufayli uyidan ko‘chirilgan bolalar qochoqlar lagerida.

Deytona, AQSh

Donald va Melaniya Tramp prezident limuzinida Deytona 500 Nascar poygalari boshlanishi oldidan poygachilarning oldingi safiga chiqdi.

Bxopal, Hindiston

Yuz bo‘yash musobaqasida ishtirok etayotgan talabalar.

Xereford, Buyuk Britaniya

“Dennis” to‘foni keltirib chiqargan suv toshqinlari.

Seul, Janubiy Koreya

Choson sulolasi davrida qurilgan Kyonbokkun saroyi tashrifchilari selfiga tushmoqda.

Okayama, Japan

Minglab erkaklar Saydayji ibodatxonasida ruhoniy tomonidan uloqtirilgan tayoqchani olish uchun kurashmoqda. Yaponlar tayoqchani olgan odamga yil davomida omad kulib boqishiga ishonadi.

Luanda, Angola

Oy boshida O‘zbekistonga kelgan Maykl Pompeo Angola Tashqi ishlar vazirligidagi mehmonlar kitobiga yozuv qoldirmoqda.

Sianukvil, Kambodja

Mototsiklchi yopilgan kazino oldidan o‘tib ketmoqda. Koronavirus sabab xitoylik turistlarga qo‘yilgan ayrim taqiqlar tufayli Kambodja, Tailand, Laos va Vyetnamda sayyohlar soni keskin kamayib ketdi.

Ispaniya

Bask rasmiylari keyingi ikki kunda Ispaniyaga katta to‘lqinlar va po‘rtanalar yopirilishi mumkinligi haqida ogohlantirish berdi.

Avvalgi kunlarning fotogalereyalari:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют