» » “Bir kun ichida Habib bilan ham Konor bilan ham jang qilishga tayyorman” — Floyd Meyvezer

“Bir kun ichida Habib bilan ham Konor bilan ham jang qilishga tayyorman” — Floyd Meyvezer


Boks bo‘yicha beshta vaznda sobiq Jahon chempioni Floyd Meyvezer UFC jangchilari Habib Nurmagomedov hamda Konor Makgregor bilan bir kunda jang qilishga tayyorligini ma’lum qildi, deya yozmoqda Daily Mail.

“Men Habib bilan kunduzi, Konor bilan esa kechasi jang qilishga tayyorman. 250 mln dollar to‘lab qo‘ying va ikkala jangni bemalol tomosha qiling”, — deya bayonot berdi Floyd Meyvezer.

Meyvezer MMA ustalari bilan qaysi sport qoidalari bo‘yicha jang qilishiga oydinlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 19-yanvar kuni Konor Makgregor Donald Serroneni mag‘lub etgach Floyd Meyvezer Instagram sahifasi orqali 2020-yilda Habib va Konor bilan jang qilishini e’lon qilgandi.

Boks/MMA yangiliklarini @UFCBOXUZ kanalida kuzatib boring.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-02-2020, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют