» » APL. “Manchester Yunayted” Londonda “Chelsi”dan ustun keldi (video)

APL. “Manchester Yunayted” Londonda “Chelsi”dan ustun keldi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya chempionati 26-turining so‘nggi bahsida “Chelsi” va “Manchester Yunayted” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Antoni Marsiyal mankunianlarni oldinga olib chiqdi. 66-daqiqada Harri Maguayr burchakdan uzatib berilgan to‘pga boshi bilan aniq zarba bergan holda darvozani ishg‘ol qildi.

Shu tariqa Ole-Gunnar Sulsher shogirdlari ikkinchi davrada ham “ko‘klar”dan ustun keldi. Premyer Liga birinchi turida Manchester shahri jamoasi “Chelsi”ni yirik hisobda (4:0) mag‘lub etgandi.

Mazkur g‘alabadan keyin “Manchester Yunayted” 38 ochko bilan 7-o‘ringa ko‘tarildi. “Chelsi” (41) esa to‘rtinchi pog‘onada qoldi.

APL

26-tur bahsi

17-fevral, dushanba

Gollar: 0:1 — 45 Marsyal, 0:2 — 66 Maguayr.

“Chelsi”: Kabalyero, Jeyms, Kristensen (Zuma, 46), Ryudiger, Aspilikueta, Kante (Maunt, 12), Kovachich, Villian, Jorjinyo, Pedro, Batshuayi (Jiru, 68).

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uilyams, Maguayr, Shou, Uan-Bissaka, Jeyms (Pereyra, 80), Fred, Brunu Fernandesh (Diogu Dalot, 90), Matich, Marsiyal (Igalo, 90), Bayi.

Ogohlantirishlar: Villian (35), Ryudiger (48), Fred (59), Zuma (59), Pedro (64), Uilyams (76), Uan-Bissaka (79).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 03:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют