» » Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun konsullik hisobidan onlayn o‘tish imkoniyati yaratildi

Xorijdagi o‘zbekistonliklar uchun konsullik hisobidan onlayn o‘tish imkoniyati yaratildi


Chet elda vaqtincha bo‘lib turgan yoki doimiy istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun qo‘shimcha qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan konsullik hisobidan onlayn o‘tish imkoniyati yaratildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yil 10-fevraldan “Xorijda bo‘lgan (bo‘lib turgan) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning konsullik ro‘yxatini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” kuchga kirgan.

Ushbu yo‘riqnomaga muvofiq, chet elda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida doimiy yoki vaqtincha konsullik hisobidan o‘tish uchun “consulate.mfa.uz” veb-portali orqali masofadan interaktiv konsullik xizmatidan foydalanishi mumkin. Ayni paytda ushbu internet-resurs sinov rejimida ishga tushirilgan.

Vaqtinchalik va doimiy konsullik hisobiga olish bo‘yicha interaktiv xizmat dasturiy tizimi texnik sinovdan o‘tkazilgandan keyin qisqa vaqt ichida o‘rnatiladi va yo‘lga qo‘yiladi, deyiladi TIV xabarida.

Doimiy yoki vaqtincha konsullik hisobidan o‘tish uchun ro‘yxatdan o‘tish kartasini to‘ldirish kerak. Konsullik hisobiga olish to‘g‘risida bildirishnoma ariza beruvchining elektron manziliga yuboriladi.

Shuningdek, portal xorijga chiqish pasportini, O‘zbekistonga qaytish to‘g‘risidagi guvohnomani, tug‘ilganlik yoki o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomani, fuqarolikdan chiqish uchun hujjatlarni va boshqa onlayn-xizmatlarni taqdim etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 06:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют