» » Nazarboyev: Qozog‘istonda IShID guruhiga qo‘shilganlar fuqarolikdan mahrum etiladi

Nazarboyev: Qozog‘istonda IShID guruhiga qo‘shilganlar fuqarolikdan mahrum etiladi


Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev IShID guruhiga qo‘shilgan qozog‘istonliklar fuqarolikdan mahrum etilishini ma’lum qildi. Bu haqda u “Mir24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Qozog‘iston qonunchiligiga muvofiq, mamlakatimiz fuqarosi uni tark etgan va biror-bir ekstremistik tashkilot safiga qo‘shilgan bo‘lsa, u vataniga qayta olmaydi: avtomatik tarzda fuqarolikdan mahrum etiladi. Bu majburiy chora.

Nursulton Nazarboyev, Qozog‘iston prezidenti

Uning so‘zlariga qaraganda, hozirgi paytda IShID tarkibida 500—600 nafar qozog‘istonlik, sobiq SSR mamlakatlaridan esa besh minggacha fuqaro mavjud.

Biz IShID guruhidan qaytganlar bilan profilaktika ishlarini olib borishga harakat qildik, biroq bu natija bermadi. Shuning uchun ularga uyga qaytish yo‘lini yopish haqidagi qaror qabul qilindi.

Nursulton Nazarboyev, Qozog‘iston prezidenti

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют