» » Alisher Usmonov: texnologik kompaniyalar bozori “qizib ketgan”, endi xomashyo bozorining vaqti keldi

Alisher Usmonov: texnologik kompaniyalar bozori “qizib ketgan”, endi xomashyo bozorining vaqti keldi


Facebook’ka investitsiya kiritgan va haligacha Uber Technologies’da ulushga ega bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov o‘z davlatining asosini jamg‘arib olgan xomashyo tarmog‘iga qaytmoqda, deb yozadi Forbes.

Biznesmen ma’lum qilishicha, u tabiiy resurslar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga sarmoya kiritgan, chunki ular uch yillik pasayishdan so‘ng, o‘tgan yili yana o‘sishni qayta boshlagan. Buni obyektiv ma’lumotlar ham tasdiqlaydi: Bloomberg World Mining Index 2016-yilda Xitoy iqtisodiyotidagi vaziyat yaxshilanishi va metallar narxi oshishi fonida 38 foizga ko‘tarildi.

“O‘tgan yil shuni ko‘rsatdiki, BHP Billiton, Fortescue kabi xomashyo kompaniyalari va neft-gaz sektorining an’anaviy kompaniyalari investitsiyalarning yuqori daromadliligini taklif qilishi mumkin”, — dedi Usmonov. U o‘z mablag‘larini kiritgan kompaniyalarni aniq aytmadi.

Usmonov ishonch bildirishicha, uning texnologiyalar va onlayn-biznesdagi joriy hissalari daromad keltirsa-da, u ushbu sohaga boshqa investitsiya kiritmoqchi emas. Besh-yetti yil oldin sotib olingan ulushlarini biznesmen saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Ammo qator texnologik kompaniyalarda tadbirkor keshga chiqib, o‘z paketlarini qisqartirish niyatida.

“Ushbu sektordagi ko‘pchilik aktivlarning qiymati ortiqcha qizib ketgan”, — degan fikrda milliarder.

Опубликовано: admin (11-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют