» » Jeff Bezos iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash uchun 10 mlrd dollar ajratishga qaror qildi

Jeff Bezos iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash uchun 10 mlrd dollar ajratishga qaror qildi


Amazon asoschisi Jeff Bezos iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash uchun 10 milliard dollar ajratishga qaror qildi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Milliarderga ko‘ra, iqlim o‘zgarishlari “sayyora uchun eng katta xavf” hisoblanadi. Shu sababli u boshqa shaxslar va tashkilotlar bilan iqlim o‘zgarishlarining Yerga vayronkor ta’siriga qarshi yangi uslublar topish maqsadida hamkorlik qilish niyatida.

Ajratilgan mablag‘ milliarder tomonidan tuzilgan “Bezosning Yer fondi” jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Ushbu jamg‘arma grantlari mazkur muammo ustida ishlayotgan olimlar, faollar va nodavlat tashkilotlariga ajratiladi. Bu jarayon yoz oylarida boshlanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Forbes reytingiga muvofiq, Jeff Bezos 129,9 milliard dollar ko‘rsatkich bilan dunyodagi eng badavlat odam hisoblanadi. Iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash uchun ajratilgan 10 milliard dollar mol-mulkining o‘rtacha 8 foiziga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga doir: Jeff Bezos Beverli-Xillzdan 165 mln dollarlik hashamatli uy sotib oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют