» » Koronavirus sababli og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qiladigan bo‘ldi

Koronavirus sababli og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qiladigan bo‘ldi


O‘zbekiston og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi, deya ma’lum qildi Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi.

Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining taqvim rejasiga ko‘ra, musobaqa 2020-yilning aprel oyida Qozog‘istonda o‘tishi kerak edi. Ammo Xitoyda tarqalgan koronavirus sabab qit’a chempionati Qozog‘istonda o‘tmaydigan bo‘ldi.

Shundan keyin tashkilot ijroqo‘mi musobaqani Toshkentga ko‘chirgan. Shu tariqa O‘zbekiston poytaxti 16—25 aprel kunlari og‘ir atletika bo‘yicha yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladigan bo‘ldi. Ayni kunlarda Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida sportning ushbu turida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda.

Bo‘lajak Osiyo chempionati Tokio—2020 Olimpiadasi yo‘lida litsenzion ochko beruvchi so‘nggi musobaqa hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent 2016-yilgi Olimpiada arafasida ham og‘ir atletika bo‘yicha qit’a birinchiligiga mezbonlik qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 13:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют