» » “Xalq banki” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Bo‘ka tumaniga hokim bo‘ldi

“Xalq banki” boshqaruvi raisi o‘rinbosari Bo‘ka tumaniga hokim bo‘ldi


Bo‘ka tumani hokimligida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 3-sessiyasi o‘tkazilib, unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, sessiyada Nizomiddin Abbosov Bo‘ka tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

Nizomiddin Abbosov 1977-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2010-yilda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida bank va boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan.

U ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar “Xalq banki”da boshqaruvi raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil fevralidan buyon Bo‘ka tumani hokimi lavozimida Bektemir Ibragimov ishlab kelayotgandi.

Avvalroq Markaziy bankning Buxoro boshqarmasi boshlig‘i Shofirkonga hokim bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 88) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют