» » Namanganda maktablarga 1,3 mlrd so‘mlik musiqa asboblari topshirildi

Namanganda maktablarga 1,3 mlrd so‘mlik musiqa asboblari topshirildi


Namanganda viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning navbatdagi yoshlar bilan uchrashuviga bolalar musiqa va san’at maktablari o‘quvchilari hamda umum ta’lim maktablarining san’atga qiziquvchi yigit-qizlari taklif etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Yoshlar bilan uchrashuvda so‘z olgan Xayrullo Bozorov viloyatdagi umumta’lim maktablarida yangi 1370 ta to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilayotganini qayd etdi.

Ushbu to‘garaklarning moddiy-texnik bazasini shakllantirish uchun viloyat hokimligi tashabbusi bilan skripka, rubob, doira va dutordan iborat umumiy qiymati 1,3 milliard so‘mlik cholg‘u asboblari sotib olindi.

Uchrashuvda shahar va tumanlar xalq ta’limi bo‘limi mudirlariga maktablarga yetkazish uchun ushbu cholg‘u asboblari topshirildi.

Muloqot davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan tuli masalalar bilan viloyat hokimiga murojaat qildi. Ular sirasidan faol maktab o‘quvchilari uchun stipendiya joriy etishdan boshlab, qo‘g‘irchoq teatri qurib berishgacha bo‘lgan o‘nlab takliflar joy oldi.

O‘quvchilar taklifi bilan bu yildan boshlab yoshlar o‘rtasida maqom, opera va estrada qo‘shiqchilik yo‘nalishlarida Namanganda o‘tkaziladigan Afsona music yosh talantlar ochiq ko‘rik-tanloviga xalq cholg‘uchiligi yo‘nalishi ham qo‘shiladigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют