» » FHDYo organlari 2020-yil 1-apreldan Davlat xizmatlari agentligining tasarrufiga o‘tadi

FHDYo organlari 2020-yil 1-apreldan Davlat xizmatlari agentligining tasarrufiga o‘tadi


“Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga ko‘ra, 2020-yil 1-apreldan boshlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar bergan.

Bunda, agentlikka FHDYo organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish, “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va FHDYo organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik bo‘yicha funksiyalar yuklanadi.

Farmon bilan mamlakatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ham tasdiqlangan.

Mavzuga doir: 

Shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mahalla tizimini rivojlantirish va jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini joriy etishning 2020—2024-yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi ishlab chiqilishi belgilab qo‘yilgan.

Mavzuga doir: Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga bir necha o‘zgarishlar kiritildi (video) 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 21:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют