» » Surxondaryodan Ohangaronga turmushga chiqqan kelin 3 yildan buyon qidirilmoqda (video)

Surxondaryodan Ohangaronga turmushga chiqqan kelin 3 yildan buyon qidirilmoqda (video)


Surxondaryo viloyati Uzun tumanida yashovchi Hurmatoy Abdurahmonova 20 yoshida Toshkent viloyati Ohangaron tumaniga kelin bo‘lib tushgan. To‘ydan keyin ko‘p o‘tmay oilaviy kelishmovchiliklar sababli kelin uydan chiqib ketgan va shundan buyon bedarak yo‘qolgan. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, arzimas vajlar natijasida yuzaga kelgan janjallar Hurmatoy Abdurahmonovani kelinlik uyidan chiqib ketishga majbur qilgan. Yosh kelinni topish maqsadida uning tog‘asi uch yildan buyon harakat qilmoqda. U uch yil davomida ichki ishlar idoralariga va prokuraturaga murojaat qilgan, biroq murojaatlar natijasiz qolmoqda.

Kelinning qaynonasi M.X.ning ma’lum qilishicha, oilada tinimsiz janjal bo‘lgan. Qaynona so‘nggi janjal vaqtida keliniga ikki shapaloq urgan.

Ta’kidlanishicha, Hurmatoy Abdurahmonova uydan chiqib ketishda fuqarolik pasportini yoki biror shaxsiy buyumini olmagan.

Ohangaron tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari Zafar Nazarovning ma’lum qilishicha, Hurmatoy Abdurahmonova 2017-yil 14-mayda oilaviy janjal oqibatida uyidan chiqib ketgan va shu kunga qadar u haqda hech qanday ma’lumot mavjud emas. U bedarak yo‘qolgan shaxs sifatida hisobga olingan. Ayni paytda uni qidirib topish bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют