» » “Xalq banki” boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

“Xalq banki” boshqaruvi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi


Aksiyadorlik tijorat “Xalq banki” boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib Hasanjon Ahmedov tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bergan.

Xabarda yozilishicha, Hasanjon Ahmedov 1984-yil Samarqand shahrida tug‘ilgan. Toshkent moliya institutini bank ishi va menejment yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

U 2015—2019-yillarda “Xalq banki”ning turli departamentlarida direktor va filial boshqaruvchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2019-yildan shu kunga qadar u “Xalq banki” Hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish kompleksi rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Avval Bo‘ka tumani hokimligida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 3-sessiyasida “Xalq banki” boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Nizomiddin Abbosov Bo‘ka tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlangan. Sirdaryo viloyati Boyovut tumaniga esa birinchi marta ayol kishi – Dilfuza Uralova hokim etib tayinlangandi.

Mavzuga doir: 

Shuningdek, 10-fevral, dushanba kuni, Markaziy bankning Buxoro boshqarmasi boshlig‘i Shukrullo Hakimov Shofirkon tumaniga hokim bo‘lgani xabar qilingan.

Mavzuga doir: Bahromjon Haydarov Andijon shahrining yangi hokimi lavozimiga tasdiqlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют