» » Farg‘onada 3 ta mashina ishtirokida yuz bergan YTHda 3 kishi halok bo‘ldi

Farg‘onada 3 ta mashina ishtirokida yuz bergan YTHda 3 kishi halok bo‘ldi


Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida Nexia, Tico va Lacetti ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 18-fevral, seshanba kuni, soat 08:30 da A-373-B “Qo‘qon shahriga kirish” yo‘lining Dang‘ara tumani hududidan o‘tgan qismining 14-kilometrida YTH yuz bergan. Haydovchi U.A. Nexia avtomobilini boshqarayotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida qarshisidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, Buvayda tumanida yashagan Y.A. boshqaruvidagi Tico mashinasiga hamda uning ortidan harakatlanib kelayotgan, Furqat tumanida yashovchi J.Z. boshqaruvidagi Lacetti avtomobiliga urilgan.

YTH natijasida Tico haydovchisi Y.A. va yo‘lovchisi M.B. hamda Lacetti yo‘lovchisi M.X. voqea joyida vafot etgan.

Mavzuga doir: YHXBB haydovchilardan qor sabab texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmaslikni so‘radi

Avvalroq Andijonda Nexia va “Zil” ishtirokida yuz bergan YTHda 2 kishi, Nexia va Spark ishtirokida dahshatli YTHda esa Spark haydovchisi qurbon bo‘lgan. Qoraqalpog‘istonda Matiz va MAN yuk mashinasi ishtirokidagi YTH 4 kishining umriga zomin bo‘lgan bo‘lsa, Buxoroda Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan. Toshkent shahar Chilonzor tumanida yuz bergan YTHda 1 kishi qurbon bo‘lgan va 5 kishi jarohatlangandi. Sergelida esa Lacetti yo‘l chetidagi 3 nafar piyodani urib ketib, ularning o‘limiga sabab bo‘lgan. Farg‘onada yuz bergan YTH oqibatida esa Spark yonib ketgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...