» » FVV Akademiyasi kursanti Namanganda kanalda oqib ketayotgan fuqaroni qutqardi

FVV Akademiyasi kursanti Namanganda kanalda oqib ketayotgan fuqaroni qutqardi


O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyaning 5-bosqich kursanti Namangan viloyatida kanalda oqib ketayotgan fuqaroni qutqarib qoldi. Bu haqda vazirlik tomonidan xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 3-fevral kunidan 29-fevral kuniga qadar respublikaning barcha viloyatlarida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining 5-bosqich kursantlari malakaviy amaliyotni o‘tamoqda. Amaliyot davomida ular belgilangan obyektlar va aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib bormoqda.

Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasida amaliyotni o‘tayotgan 5-bosqich kursanti Bobur Abbosov Uychi tumani “Beruniy” MFY hududidagi kanalda oqib ketayotgan odamni ko‘rib qolgan. Zudlik bilan yordamga shoshilgan kursant qisqa muddat ichida fuqaroni sog‘-salomat suvdan olib chiqqan.

Holat yuzasidan tezkor xabar berib, ko‘ngilsiz hodisaning oldini olishda yordam bergan fuqarolarga Namangan viloyati FVB rahbariyati o‘z minnatdorligini bildirgan.

Avvalroq Namanganda cho‘kayotgan ayolni qutqargan milliy gvardiya xodimining o‘zi suvda oqib ketib, bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi. Samarqandda esa Pastdarg‘om tumani Charxin shaharchasidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanaliga tushib ketgan 20 yashar qizni qutqarib qolgan Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti talabalari taqdirlangan edi.

Ma’lumot uchun, Qashqadaryoda Milliy gvardiya xodimlari Qarshi shahridagi Islom Karimov ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Qashqadaryo daryosiga sakrab, o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan ikki fuqaroning hayotini saqlab qolgan edi. Samarqandlik yigit esa suvda cho‘kayotgan 3 yashar bolakayni qutqarib qolgandi. Xorazmlik 21 yoshli Yoqubboy Do‘smatov suvga cho‘kayotgan ayolning hayotini qutqarib qolgan. Bu jasorati uchun Yoqubboy Do‘smatov FVBga ishga taklif qilindi. Biroq bu vaqtda u Rossiyaga ishlashga jo‘nab ketgan edi. Rossiyaga borgach, yigitning o‘zi ham qiyin vaziyatga tushib qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют