» » Andijonda “samosud”ni sahnalashtirgan o‘smirlarning qilmishi jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi

Andijonda “samosud”ni sahnalashtirgan o‘smirlarning qilmishi jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi


Andijonda pichoq bilan tengdoshini qo‘rqitayotgan yigit videosi tarqalgan va mazkur “samosud” jarayoni sahnalashtirilganligi ma’lum bo‘lgan edi. Andijon viloyati IIB tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur o‘smirlarning qilmishi jamoatchilik oldida muhokama qilindi.

Xabar berilishicha, joriy yilning 3-yanvar kuni Shahrixon tumanida yashovchi S.O., K.Q. va I.N. xonadonni ta’mirlayotgan vaqtida O.S.ning kiyimiga qizil bo‘yoq to‘kilib ketgan.  S.O.ning taklifiga ko‘ra, o‘smirlar sun’iy ravishda kaltaklanayotgan shaxsning holatini vujudga keltirib, videotasvirga olgan hamda ijtimoiy tarmoqlarga chiqarib yuborgan.

Shahrixon tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida sun’iy ravishda kaltaklanayotgan shaxsning holatini vujudga keltirib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborgan S.O., K.Q. va I.N. aniqlanib, ushlangan.

Xabar berilishicha, Shahrixon qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kollejida Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari raisligida S.O., K.Q. va I.N.ning qilmishlari keng jamoatchilik ishtirokida, ularning ota-onalari bilan birgalikda tanqidiy muhokama qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют