» » Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2 ming kishidan oshib ketdi

Xitoyda koronavirus oqibatida vafot etganlar soni 2 ming kishidan oshib ketdi


Xitoyda yangi turdagi COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 2004 kishiga yetdi, kasallikni yuqtirib olganlarning jami soni esa 74 185 kishini tashkil etmoqda, deb xabar beradi Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi.

Ta’kidlanishicha, 14 376 kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan, yana 5,2 ming kishi shifoxonalarda nazorat ostida. Virus oqibatida Xitoydan tashqarida besh kishi vafot etgan: 39 yoshli Gonkong fuqarosi, Filippinda Xitoy fuqarosi, Yaponida 80 yoshli ayol, Fransiyada 80 yoshli xitoylik turist va Tayvanda 60 yoshli erkak. Shunday qilib, butun dunyo bo‘ylab koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya oqibatida 2009 kishi vafot etdi.

Vafot etganlarning 1921 nafari Xubey provinsiyasi hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mavzuga doir:

Xitoyda koronavirus sababli tibbiy niqoblar taqchilligi sezilmoqda. Shu sabab Xitoy Turkmanistondan umumiy qiymati 200 ming dollar bo‘lgan bir millionta tibbiy niqob sotib oldi. Avvalroq JSST koronavirus tufayli tibbiyot niqoblariga talab 100 baravar oshishini taxmin qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют