» » Surxondaryoda Lacetti dvigatelidagi qisqa tutashuv avtomobilning yonib ketishiga sabab bo‘ldi (video)

Surxondaryoda Lacetti dvigatelidagi qisqa tutashuv avtomobilning yonib ketishiga sabab bo‘ldi (video)


Surxondaryoda Lacetti avtomashinasi yonib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa 18-fevral kuni soat 21:19 da Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Do‘stlik MFY hududidan o‘tuvchi mahalliy ichki yo‘lda sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, ushbu tumanda yashovchi M.R. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli transport vositasi dvigatel qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Holat sodir bo‘lgan joyga soat 21:22 da o‘t o‘chiruvchilar yetib borgan va soat 21:30 ga qadar yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют