» » OAV: Trampning reytingi Suriyadagi aviabazaga zarba berishga qaror qilganidan so‘ng keskin ko‘tarildi

OAV: Trampning reytingi Suriyadagi aviabazaga zarba berishga qaror qilganidan so‘ng keskin ko‘tarildi


AQSh prezidenti Donald Tramp faoliyatining qo‘llab-quvvatlanish reytingi Suriyadagi aviabazaga zarba berishga qaror qilganidan so‘ng keskin ko‘tarildi. CBS News telekanali tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

Gallup agentligiga ko‘ra, mart oyi oxirida AQSh prezidenti faoliyatidan qoniqish bildirganlar ulushi 35 foizni tashkil etgandi. Hozirda esa uni so‘ralganlarning 43 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda.

CBS News so‘rovi 7—9 aprel kunlari o‘tkazildi. Unda mingdan ortiq respondent qatnashdi.

Huffington Post nashri va YouGov kompaniyasi o‘tkazgan so‘rov natijalari amerikaliklarning yarmidan ortig‘i — 51 foizi Trampning Suriyaga zarba berish haqidagi qarorini yoqlashini ko‘rsatdi.

CBS News so‘rovi esa prezidentning mazkur qarorini respondentlarning 57 foizi yoqlashini ko‘rsatdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют