» » Farg‘onada tez yordamning ayol shifokorini aldab, uyiga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Farg‘onada tez yordamning ayol shifokorini aldab, uyiga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Farg‘onaning Quva tumanida tez tibbiy yordam bo‘limi xodimlari tajovuzga uchragani yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Xabar.uz” ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, voqea 2019-yil 29-noyabrda kunduzi sodir bo‘lgan. Quva tumani tez tibbiy yordam bo‘limiga 54 yoshli Y.O. ismli shaxs kelib, xotinining mazasi qochgani, zudlikda yordam ko‘rsatish kerakligini aytgan.

Aytilgan manzilga borilgach, uy qulf ekani shifokor va haydovchida shubha tug‘dirgan. Shunga qaramay Y.O. ayol shifokorni ichkariga yolg‘iz kirishi, haydovchidan esa mashinadan tushmaslikni talab qilgan. Maqsadiga yetmagach, hech bir sababsiz haydovchini haqorat qilib, uni tosh bilan urib, jarohat yetkazgan va tez yordam mashinasining oynalarini sindirgan.

Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilib, Y.O.ga nisbatan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan, biroq Quva tuman ma’muriy sudi Y.O. xatti-harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud, degan xulosa bilan ishni prokuraturaga oshirgan.

Xabarda aytilishicha, holat yuzasidan qo‘shimcha surishtiruv o‘tkazilib, Y.O. nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ushbu moddaga ko‘ra, bezorlik jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxs bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют