» » Milliarder Blumberg AQSh prezidenti etib saylansa, o‘z kompaniyasini sotib yuborishini ma’lum qildi

Milliarder Blumberg AQSh prezidenti etib saylansa, o‘z kompaniyasini sotib yuborishini ma’lum qildi


Demokratlar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzodini ilgari surayotgan milliarder Maykl Blumberg agar prezident etib saylansa, 40 yil oldin asos solgan Bloomberg LP kompaniyasini sotib yuborishini ma’lum qildi. Bu haqda Blumbergning saylovoldi shtabiga tayanib, Wall Street Journal xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1981-yilda asos solingan kompaniyaning bahosi 60 milliard dollarga teng.

Blumberg shtabining vakili Tim O’Brayenning so‘zlariga ko‘ra, Bloomberg LP kompaniyasini xorijlik xaridor yoki xususiy investitsiya kompaniyasi sotib ololmaydi.

Uning ta’kidlashicha, Blumberg amaldagi prezident Donald Trampdan 180 darajaga farq qilishni xohlamoqda. “Fikrimizcha, Trampning o‘z moliyaviy manfaatlaridan voz kechmaganligi bu — prezidentlikdagi eng katta dog‘”, — deydi O’Brayen.

AQShda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2020-yilning noyabrida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga doir: Blumberg badavlat amerikaliklardan 5 trln dollar soliq yig‘ishni taklif qildi

Avvalroq Maykl Blumberg Donald Tramp AQSh prezidentligi saylovida yutqazishi uchun milliard dollar sarflashga tayyorligini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 15:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют