» » Seul va Pekin Shimoliy Koreya fitnalariga qarshi keskin choralar ko‘rish haqida kelishuvga erishdi

Seul va Pekin Shimoliy Koreya fitnalariga qarshi keskin choralar ko‘rish haqida kelishuvga erishdi


Janubiy Koreya va Xitoy KXDR tomonidan yangi fitnalar — yadro quroli sinovi yoki qit’alararo ballistik raketa uchirilishi amalga oshirilgan taqdirda keskin javob choralarini qo‘llaydi. Janubiy Koreya hukumatining Koreya yarim orolida tinchlik va xavfsizlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili Kim Xon Gyunning xitoylik hamkasbi U Davey bilan Seulda o‘tkazgan uchrashuvida shunday kelishuvga erishildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Tomonlar Pxenyan yadro muammosi jiddiyligi va uni ortga surmay hal etish lozimligini bildirdi. Seul va Pekin Shimoliy Koreya fitnalariga qarshi chiqdi va BMT Xavfsizlik kengashining sanksiyalari hamda KXDRga bosim o‘tkazishning boshqa choralarini to‘liq bajarish zarurligini ta’kidladi”, — deya ma’lum qildi Kim Xon Gyun.

Seulga 10-aprel kuni 4 kunlik tashrif bilan kelgan U Davey Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Yun Byon Se bilan ham uchrashdi. Muzokaralar chog‘ida Pekin Koreya yarim orolida AQShning raketaga qarshi mudofaa tizimlari o‘rnatilishiga qarshi ekanligi yana bir bor eslatildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (11-04-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют