» » 19 yoshli Erling Holand Chempionlar Ligasi tarixiga kirdi

19 yoshli Erling Holand Chempionlar Ligasi tarixiga kirdi


Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida Dortmundda “Borussiya” PSJni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Dortmundliklar safidagi ikkala golga ham norvegiyalik 19 yoshli hujumchi Erling Holand mualliflik qildi. Holand shu tariqa Chempionlar Ligasining bitta mavsumida ikki jamoa safida maydonga tushgan va gol urgan ilk futbolchi sifatida tarixga kirdi. Futbolchi 2019/20-yilgi mavsumni “Zalsburg” safida boshlagandi. U guruh bosqichida 6 ta o‘yinda 8 ta gol urdi. 2020-yil yanvarida esa “Borussiya” safiga borib qo‘shildi.

Holand “Borussiya” kelgandan beri uchta musobaqada gol urishga erishdi: Bundesliga, Germaniya Kubogi va Chempionlar Ligasi. Uning hisobida 7 ta o‘yinda urilgan 11 ta gol bor.

Ma’lumot uchun, “Borussiya” Holand uchun “Zalsburg”ga 20 million yevro to‘lagan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 16:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют