» » Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyev yangi lavozimga tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyev yangi lavozimga tayinlandi


Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyev Prezident farmoni bilan yangi lavozimga tayinlandi. “Gazeta.uz”ning xabar berishicha, u yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida vazir o‘rinbosari bo‘ldi.

Lavozimga tayinlangunga qadar Botir Parpiyev 2018-yilning may oyidan buyon Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining Keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Botir Parpiyev 1946-yilda Andijon viloyatida, militsiya general-mayori Rahmat Parpiyevning oilasida tug‘ilgan. 1992—1996-yillarda Andijon viloyati IIB boshlig‘i, 1996—1998-yillarda O‘zbekiston IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i, 1998—2002-yillarda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2002-yilning iyun oyidan dekabr oyigacha O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vaziri, 2002—2004-yillarda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi raisi, 2004—2018-yillarda esa Davlat soliq qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan.

Shuningdek, 2018-yilga qadar O‘zbekiston Taekvondo WTF assotsiatsiyasi prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 18-fevral, seshanba kuni, o‘tkazilgan navbatdagi majlisida O‘zbekiston Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqilgandi.

Prezidentning mazkur farmoni bilan O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etilishi ma’qullangan, yangi tuzilma rahbari etib Rahmat Mamatov nomzodi ma’qullangandi. Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromovga esa uning o‘rinbosari vazifasini bajarish yuklatildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 17:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют