» » Namanganda bir oylik chaqalog‘i bor ayolini kaltaklab, o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxs 9 yilga qamaldi

Namanganda bir oylik chaqalog‘i bor ayolini kaltaklab, o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxs 9 yilga qamaldi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudida bir oylik chaqalog‘i bor ayolini kaltaklab, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan 30 yoshli Abdurahmon Azimovga (ism-shariflar o‘zgartirilgan) oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Voqea 2019-yil 25-avgustga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Shu kuni kechga yaqin uyiga kelgan Abdurahmon ovqatlanib bo‘lganidan so‘ng turmush o‘rtog‘i, iyul oyida ilk farzandi — qizaloqni dunyoga keltirgan Mahfuza Mirzayeva bilan go‘yo uy sarishta bo‘lmagani bois janjallashadi. Uning yuziga urib, qorniga tepadi. Ayoli bukchayib, yotib qolganidan so‘ng esa onasini chaqirib, o‘zi boshqa xonaga chiqib ketadi.

Sudlanuvchining ta’kidlashicha, “turmush o‘rtog‘ining olgan tan jarohati o‘tib ketib, ertalabgacha yaxshi bo‘lib qoladi deb o‘ylab, tez yordamga murojaat qilmagan. So‘ng uxlab qolgan, ertalab esa uni onasi uyg‘otib, xotini vafot etganligini aytgan”.

Mahfuza Mirzayevaning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazilib, unda marhumaning o‘limiga taloq yorilishi, buning oqibatida ichki qon ketib, yurak qon-tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lganligi bildirilgan. Ayolning o‘limiga sabab bo‘lgan asoratlar hayot uchun xavfli og‘ir tan jarohatlari turkumiga kiradi.

JIB shahar sudi sudyasi Nodirbek Rayimqulov ma’lum qilishicha, Аbdurahmon Azimov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topildi. Unga nisbatan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, sudlanuvchidan jabrlanuvchi tomon so‘ragan jami 910 million so‘m moddiy va ma’naviy zarar o‘rniga 20 million so‘m ma’naviy zarar undirish lozim deb topildi.

Abdurahmon Azimovni otalik huquqidan mahrum qilishni so‘rab kiritilgan ariza yuzasidan esa mazkur toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarning vakolatiga kirishi tushuntirildi.

Qayd etish joizki, marhumaning ota-onasi sud hukmidan qoniqish bildirmadi. Ular yuqori turuvchi sudga murojaat etishini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют