» » Xitoy fuqarolari mamlakatga kirishi man etilgani ortidan Rossiya turbiznesi milliardlab rubl zarar ko‘rishi bildirildi

Xitoy fuqarolari mamlakatga kirishi man etilgani ortidan Rossiya turbiznesi milliardlab rubl zarar ko‘rishi bildirildi


Rossiya turbiznesining mamlakatga Xitoy fuqarolari kirishi man etilganidan ko‘radigan zarari fevral-mart oylarida 2,8 milliard rublni tashkil etishi mumkin. Bu haqda Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR) vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Assotsiatsiya ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilda Rossiyaga Xitoydan 1,5 million sayyoh kelgan. 2020-yilda tahlilchilar bu oqim kamida 10 foizga oshishini kutgandi.

Xitoylik bir nafar sayyoh uchun Rossiyaga safarning o‘rtacha qiymati 500 dollarni tashkil etganda, turoperatorlar fevralda 1,4 milliard rublni boy beradi.

Kelgusi oyda ham ular taxminan shuncha daromad qilishi kerak edi, biroq xitoylik sayyohlar martda kelmaydi: ular tomonidan amalga oshirilgan buyurtmalar bekor qilingan.

Xitoylik sayyohlar Rossiyaga yozgi mavsumda ham kelmasa, mahalliy turbiznes may—sentabr oylari davomida 31,2 milliard rubl daromaddan quruq qolishi mumkin.

Mavzuga doir: Xitoy fuqarolarining Rossiyaga kirishi taqiqlab qo‘yildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 18:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют