» » O‘zbekistonda 2020-yil boshidan buyon yuz bergan YTHlarda 147 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekistonda 2020-yil boshidan buyon yuz bergan YTHlarda 147 kishi halok bo‘ldi


O‘zbekiston hududida 2020-yilning 18-fevral kuniga qadar sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 147 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2019-yilning mos davriga nisbatan sodir etilgan YTHlar soni 10,5 foizga yoki 656 tadan 587 taga, ularda vafot etganlar soni 16,1 foizga yoki 168 nafardan 147 nafarga, tan jarohati olganlar soni 4,2 foizga yoki 597 nafardan 572 nafarga kamaygan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2020-yilning dastlabki 10 kuni ichida yuz bergan 107 ta YTHda 35 kishi halok bo‘ldi

Qayd etilishicha, bu kabi noxush holatlarning barvaqt oldini olish maqsadida Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan 29 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha profilaktik-amaliy chora tadbirlar belgilanib, ularning kunlik ijrosi bo‘yicha nazorat qilib borish yo‘lga qo‘yilgan.

Mavzuga doir: 2020-yilning ikkinchi o‘n kunligida O‘zbekistonda jami 141 ta YTH sodir bo‘lgan

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda odam o‘limi bilan yakunlangan bir qancha YTH yuz berdi. Xususan, Andijonda Nexia va “Zil” ishtirokida yuz bergan YTHda 2 kishi, Nexia va Spark ishtirokida dahshatli YTHda esa Spark haydovchisi qurbon bo‘lgan. Qoraqalpog‘istonda Matiz va MAN yuk mashinasi ishtirokidagi YTH 4 kishining umriga zomin bo‘lgan bo‘lsa, Buxoroda Nexia ishtirokidagi YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan. Toshkent shahar Chilonzor tumanida yuz bergan YTHda 1 kishi qurbon bo‘lgan va 5 kishi jarohatlangandi. Sergelida esa Lacetti yo‘l chetidagi 3 nafar piyodani urib ketib, ularning o‘limiga sabab bo‘lgan. Farg‘onada 3 ta mashina ishtirokida yuz bergan YTHda 3 kishi halok bo‘ldi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 21—31-yanvar kunlari sodir bo‘lgan YTHlarda 54 kishi halok bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 23:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют