» » O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish taklif etildi

O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish taklif etildi


“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish haqida petitsiya e’lon qilindi.

“Avtomaktablarda o‘qitishdan maqsad nima? Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishmi, buni mustaqil o‘qib-o‘rganish ham mumkin. Yoki avtomobil boshqarishni o‘rganishmi? Buni biror qarindosh yoki tanish yonida yurib ham o‘rganish mumkin. Hozirda maktablar o‘qitish xizmati uchun 2-3 million so‘m so‘raydi. Maqsad pul to‘lashmi, bu pulni o‘z qarindoshimizga bersak ham bo‘ladi. Baribir YHXBda imtihon topshirmagunimizcha ‘prava’ bermaydi”, — deb yozadi petitsiya muallifi.

Ta’kidlanishicha, IIB YHXBda imtihon topshirish uchun to‘lovlarni amalga oshirgan fuqarolardan avval nazariy, nazariy imtihondan o‘tganlardan amaliy imtihon olinib, imtihon topshirganlarga toifali haydovchilik guvohnomasi topshirilishi yetarli bo‘ladi.

“Men avtomaktablarni qat’iy berkitish tarafdori emasman, balki avtomaktablarda o‘qishni ixtiyoriy qilib, avtomaktablarda o‘qimaganlar ham, o‘z malakalariga ishonishsa, YHXB huzurida imtihon topshirishlariga ruxsat berilishini taklif qilaman.

Bu taklifimni tegishli vakolatli organlar tasdiqlashlari jamiyatimiz ravnaqiga hissa qo‘shadi. Chunki jamiyatni taraqqiy ettiruvchi kuch bu — avtotransport sohasidir. Chunki ishlab chiqarish va savdo tizimi yaxshi bo‘lishi uchun, avvalo, transport tizimi yaxshi rivojlangan bo‘lishi talab qilinadi”, — deyiladi murojaatda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda o‘qish majburiyligini bekor qilish taklif etilgan.

Mavzuga doir: Haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibidan xabardormisiz?

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish 2020-yilning 31-dekabrigacha amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2020, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют