» » Ar-Riyodda G20 davlatlari koronavirusning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini muhokama qiladi

Ar-Riyodda G20 davlatlari koronavirusning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini muhokama qiladi


G20 davlatlari moliya vazirlari jahon iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari sekinlashishini taxmin qilmoqda. Nisbatan kamtarona o‘sish sur’atlari bir nechta omillar tufayli kutilayotgan bo‘lib, ulardan asosiysi Xitoyda koronavirus tarqalishidir.

“RBK”ning xabar berishicha, bu haqda Reuters qo‘lga kiritgan 22—23-fevral kunlari Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadigan G20 moliya vazirlari va markaziy bank boshqaruvchilarining yig‘ilishida taqdim etiladigan hisobotda aytilgan.

“2019-yil oxirida barqarorlashuv alomatlaridan so‘ng, 2020—2021-yillarda global iqtisodiy o‘sish birmuncha sekinlashishi kutilmoqda. Uning tiklanishiga qulay moliyaviy sharoitlar va savdo keskinligini yengillashtiradigan ba’zi belgilar yordam beradi”, — deyiladi hisobot matnida.

Shunga qaramay, global iqtisodiy o‘sish sekinligicha qolmoqda va uning istiqbollari uchun xatarlar ham saqlanib qoladi. Birinchi navbatda bu koronavirus tarqalishi, geosiyosiy keskinlik va siyosiy noaniqliklar tufayli yuzaga keladi, deyiladi yakuniy ko‘rinishi qabul qilinishidan oldin o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan hisobotda.

2020-yilda G20’ga Saudiya Arabistoni raislik qiladi. 1-dekabrdan “Katta yigirmalik” rahbarligi Saudiya Arabistoni qirolligi ixtiyoriga o‘tdi. Saudiya Arabistoni G20 rahbarligida Yaponiyani almashtirdi. Bu mazkur tashkilotning arab davlatidagi ilk yig‘ilishi bo‘ladi. Uchrashuv 22—23-fevral kunlari Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi.

Kyodo agentligining xabar berishicha, uchrashuv ishtirokchilari, shuningdek, mahsulot yetkazib berish zanjiridagi uzilishlar va sayyohlar oqimining pasayishiga olib kelgan vaziyat borasida tegishli choralarni muhokama qiladi.

Avvalroq Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirus tufayli mamlakat hududidagi zavod va do‘konlar epidemiya oqibatida yopib qo‘yilgani, bu butun dunyoda 5 milliondan ortiq kompaniyalar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgani xabar berilgan edi.  Fitch xalqaro reyting agentligi koronavirusning tarqalishi Xitoyda avtomobil sotish hajmining pasayishiga va butun dunyo bo‘ylab avtomobillar yetkazib berish jarayonining buzilishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Hozirda Xitoydagi asosiy sanoat tarmoqlari bo‘yicha korxonalar koronavirus tarqalishi sharoitida ishlab chiqarishni davom ettirishni boshladi, biroq hali ham ularning ishini qiyinlashtiruvchi muammolar mavjud. Virus tufayli Xitoyning 300 ta kompaniyasi 8,2 milliard AQSh dollari miqdorida qarz olishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2020, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют