» » Ashraf G‘ani Afg‘oniston prezidenti saylovlarida g‘olib bo‘ldi

Ashraf G‘ani Afg‘oniston prezidenti saylovlarida g‘olib bo‘ldi


Afg‘onistonning amaldagi prezidenti Ashraf G‘ani mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridagi ovozlarning yakuniy hisob-kitobidan keyin rasman g‘olib deb tan olindi. Bu haqda mamlakat Mustaqil saylov komissiyasi (MSK)ga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

MSK ma’lumotlariga ko‘ra, Ashraf G‘aniga saylovchilarning 50,64 foizi ovoz berdi va u ikkinchi muddatga prezident etib saylandi.

Ikkinchi o‘rinni 39,52 foiz ovoz bilan hukumatning amaldagi rahbari Abdulla Abdulla egalladi. Mamlakatning sobiq bosh vaziri “Hizb al-Islomiy” (Afg‘oniston Islom partiyasi) yetakchisi Gulbiddin Hikmatiyor esa 3,85 foiz ovoz to‘pladi.

Afg‘onistondagi prezident saylovlari 28-sentabrda bo‘lib o‘tgan edi. Dastlabki natijalar e’lon qilinganidan so‘ng Shikoyatlar va da’volar bo‘yicha komissiyaga 16,5 mingga yaqin shikoyatlar kelib tushgan.

Ikkinchi o‘rinni olgan Abdulla Abdulla saylov natijalarini tan olmay, ovozlarning qayta hisoblanishini talab qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-02-2020, 12:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют